Masala tavsifi
Firdavs va Xaled maktabning bir sinfida o‘qiydi. Yaqinda Xaled Firdavsga oxiri 5 raqami bilan tugaydigan natural sonlarni kvadratga oshirishning ayyor usuli haqida aytib berdi. Endi Firdavs oxiri 5 bilan tugaydigan ikki xonali (ba’zan esa uch xonali) sonlarni osonlik bilan kvadratga oshira oladi.
Usulning mohiyati shundan iborat: oxiri 5 bilan tugaydigan sonni kvadratga oshirish uchun, oxirgi beshlikni olib tashlagandan keyin hosil bo‘ladigan sonni undan keyingi tartibdagi songa ko‘paytirish, so‘ngra olingan natijaning o‘ng tomoniga «25» ni qo‘shib yozish kifoya.
Masalan, 125 sonini kvadratga oshirish uchun 12 ni 13 ga ko‘paytirish, so‘ngra 25 ni qo‘shib yozish kerak:
Firdavs o‘z ko‘nikmalarini tekshira olishi uchun, oxiri 5 bilan tugaydigan sonni kvadratga oshiradigan dastur yozing.
Input Format
Oxiri 5 raqami bilan tugaydigan, 5 dan katta va dan oshmaydigan natural son berilgan.
Output Format
Bitta natural sonni chiqaring - yetakchi nollarsiz .
Misollar
45
2025